O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston tarixda ilk bor jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi
2021-11-01 | Sport
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonligida davom etayotgan Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Ulug‘bek Azizov va Tohir Fayziyev murabbiyligidagi dzyudochilarimiz ikki kunlik bahslar yakuniga ko‘ra 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Diyora Keldiyorova (-52 kg), Dilshodjon Baratov (-60 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) jahon chempioniga aylangan bo‘lsa, Shohruhxon Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni braziliyalik dzyudochilar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka mezbonlar - Fransiya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan yakun yasadi. Avstriya 2 ta oltin, Rossiya va Slovakiya terma jamoalari 1 tadan oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi