Vazir o‘rinbosari Sodiqjon Turdiev Qoraqalpog‘iston mahallalaridagi sharoitlarni o‘rganmoqda
Vazir o‘rinbosari Sodiqjon Turdiev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Muynoq tumani va Nukus shahrida vazirlikning mas'ul xodimlari bilan birgalikda Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-son qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Jumladan, Muynoq tumanidagi “Aral”, “Muynoq”, “Jayxun” mahallalarida Nukus shahridagi Nuroniylar maskanida shuningdek, Nukus shahridagi “Shimbay chayxana”, “Xalqlar do‘stligi” mahallalarida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas'ul” tamoyili ostida tumandagi muammoli yoshlarga biriktirilgan faol nuroniylar va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Yig‘ilishlarda mahalla raislari, faol nuroniylar, jamoatchilik kengashlari a'zolari hamda mahalla yoshlar yetakchilariga qarorning mazmun mohiyati targ‘ib etildi hamda nuroniylar tomonidan bugungi kunda yoshlar bilan ishlashning tartib tamoyillari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Mahalladagi “Keksalar maslahati guruhi” a'zolari va “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh”, “Keksa avlod uchrashuvlari” loyihalarini amalga oshirish bӱyicha maslahatlashib oldilar.
Muynoq tumanidagi “Aral” restoranida tuman rivojiga munosib hissa qo‘shgan nuroniylar va faxriylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga nuroniylar va yoshlar, turli millat vakillari tashrif buyurdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi