O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT vaziri IT Park rezidenti bo‘lgan “IMPACTT” texnologik xabga tashrif buyurdi

2022-02-28 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning yanvar oyida ochilgan IT Park rezidenti boʻlgan “IMPACTT” texnologik xabga bordi.

Tashrif davomida AKT vaziri xab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xabni tashkil etishdan maqsad O‘zbekistonning IT-hamjamiyatini rivojlantirishdan iborat. Xab IT, tadbirkorlik sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, startap asoschilari va boshqa ekspertlarni birlashtiradi. 

“IMPACTT” xab negizida venchur studiyasi yoshlarga istiqbolli startap gʻoyalari bilan yordam berish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan.

Bundan tashqari, xab kovorking maydoni, ish va uchrashuvlar uchun alohida xonalar, dam olish joylari, qahvaxona va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

 AKT vaziri Sh. Shermatov xab tomonidan taqdim etilgan infratuzilma va imkoniyatlarni ko‘p ekanligini qayd etdi. Vazirlik va IT Park, xab rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться