O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Baku shahrida Ijtimoiy ta’minotni isloh qilish va bu yo‘nalishda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tdi
2022-02-28 | Iqtisodiyot
Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar xalqaro assotsiatsiyasi raisi Almas Kurmanov va Assotsiatsiya direktori Yevgeniy Ametov, shuningdek, xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasi bosh kotibi Marselo Abiramiya Kayetanoning video formatdagi tabrik nutqida ijtimoiy soha oldida turgan yangi muammolarga muvofiq ijtimoiy ta’minotni isloh qilish zarurligi va ushbu sohadagi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, bu galgi anjumanning ahamiyatini ham shu nuqtai nazardan qayd etdilar.
So‘ngra Gimolay Mamishov jamg‘armasi boshqaruvi raisi so‘nggi yillarda Ozarbayjonda ijtimoiy himoya dasturlari, ijtimoiy ta’minot sohasidagi islohotlar haqida taqdimot qildi. Shuningdek, ijtimoiy ta’minot sohasida yelektron xizmatlar yo‘nalishida yerishilgan yutuqlar, ushbu sohalarda yaratilgan proaktiv xizmatlar, Ozarbayjon ijtimoiy ta’minot tizimining ustuvor maqsadlari haqida ma’lumot berdi.
Konferensiya kun tartibida Qozog‘iston, Moldova, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston vakillarining ijtimoiy ta’minot sohasidagi islohotlar, shuningdek o‘z mamlakatlaridagi ijtimoiy sug‘urta va pensiya ta’minoti bo‘yicha taqdimotlari, muhokamalari va tajriba almashinuvi, shuningdek xalqaro pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar assotsiatsiyasi konferensiyasining ishtirokchilariga faxriy yorliqlar topshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi ijrochi direktori Abdulaziz Xaydarov tomonidan ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasidagi pensiya tizimi bo'yichga taqdimot qildi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi