14 ta xalqaro ko‘rgazma, dunyoning 38 ta mamlakatidan 900 ta kompaniya, 32 mingga yaqin tashrif buyuruvchilar. Bu Iteca Exhibitions ko‘rgazmalar kompaniyasining 2021-yildagi natijalaridir.
«Ko‘rgazmalar — iqtisodiyotni tiklash kaliti» — Iteca Exhibitions uchun o‘tgan yil aynan shu shior ostida o‘tdi. 2022-yilda kompaniya auditoriya va qamrovni kengaytirmoqchi Tadbirlar portfelidagi 18 ta har yillik xalqaro ko‘rgazma pandemiyadan oldingi davr darajasiga qaytishga tayyorlikdan dalolat. Ta'kidlanishicha, barcha tadbirlar sanitariya-epidemiologik meyor va qoidalariga to‘la amal qilingani holda o‘tkaziladi.
Joriy yilning bahorgi ko‘rgazmalar mavsumini 1-4-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston qurilish industriyasining yetakchi ko‘rgazmasi – UzBuild 2022 ochadi. Avvalgidek, tadbir professionallarga qurilish materiallari va texnologiyalarining keng ko‘lamli ko‘rgazmasi va assortimentini taqdim etadi. Muzokaralar va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun eng yaxshi va qulay biznes platformaga aylanadi. Unda 19 mamlakatdan 180 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishi kutilmoqda. Jumladan: Avstriya, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Rossiya, AQSh, Turkiya, Ukraina, Finlyandiya va Fransiya.
Ko‘rgazmaning ochilish kunida ushbu mavzuga yana qaytamiz va sizni tadbir dasturi bilan atroflicha tanishtiramiz.
Manba: Toshkent shahar hokimligi