O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mo‘ynoqda BPO-school tashkil qilindi
2022-02-24 | Jamiyat
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Mo‘ynoq tumanida tashkil etilgan BPO-school faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
AKT vaziri u yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.
BPO-schoolning tashkil etilishi mo‘ynoqlik yoshlarga ingliz tili va BPO xizmatlarini o‘rganib, kelgusida Mo‘ynoqning o‘zidan chet elga xizmatlar eksportini amalga oshirish imkonini beradi.
Bo‘lajak BPO mutaxassislar AQShda yuk tashish mashinalari biznes jarayonini Mo‘ynoqda turib boshqarishadi. Ular o‘z yurtida xorijiy tajriba va yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tashrif davomida AKT vaziri ushbu o‘quv markaziga ko‘proq yoshlarni jalb etish, ularga ingiz tilini chuqurlashtirilgan holatda o‘rgatish kerakligi hamda BPO xizmatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Respublikada AKT sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qatorida IT-tadbirkorlik, jumladan, BPO xizmatlarini ko‘rsatish orqali IT-mahsulotlar va xizmatlar eksportini ko‘paytirish maqsad qilingani ta’kidlandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi