O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlariga seminar o'tkazildi

2022-02-25 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari «Yosh olimlarni etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi» mavzusida seminar-trening o'tkazdilar. Trening onlayn shaklda tashkil etilgan bo'lib, unda O'zbekiston milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallaridan 30 nafardan ortiq ilmiy xodimlar va mutaxassislar qatnashdilar.

Ilmiy stajirovkalar va laboratoriya asbob-uskunalari xaridini tashkil etish bo'limi boshlig'i Sarvarbek Taxirov va etakchi mutaxassisi Sulaymon Sultonov tinglovchilarga yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi, bunda talab etiladigan hujjatlar hamda boshqa shu kabi muhim masalalar bo'yicha vebinar ishtirokchilarga ma'lumotlar berib, barcha savollariga javob berdilar.

eslatib o'tamiz, 16-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O'zbekiston milliy metrologiya institutida bo'lib, institut infratuzilmasi, laboratoriyalari, xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, institut rahbarlari va ilmiy xodimlari bilan uchrashgan edi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться