O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Yashil makon» loyihasi: diniy konfessiya vakillari nigohida

2022-02-22 | Ekologiya

Joriy yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasida Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengash a'zolarining “Yashil makon” umummilliy loyihasi yuzasidan bayonot qabul qilishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov olib bordi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umummilliy loyihasi xususida qisqacha tushuntirish berib o‘tildi. Mazkur loyihaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilganligiga izoh berildi.
 
Ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilishi, qimmatbaho navli daraxt va butalar kesilishiga moratoriy joriy qilinishi, daraxt kesganlik holatlari uchun jarima va kompensasiyalar miqdorining oshirilishi borasida amaliy ishlar amalga oshirildi.
 
Tadbir so‘ngida Konfessiyalar vakillari bilan birgalikda murojaat qabul qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Поделиться