O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi BMT Atrof-muhit assambleyasining beshinchi sessiyasida ishtirok etdi
2022-03-01 | Ekologiya
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP)ning Keniya poytaxti Nayrobi shahrida joylashgan shtab-kvartirasida BMT Atrof-muhit assambleyasining beshinchi sessiyasi (UNEA–5.2) bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov ushbu sessiyada onlayn tarzda qatnashdi va ma’ruza qildi.
Ma’lumot uchun: BMT Atrof-muhit assambleyasi 2012-yilda Boshqaruv kengashi o‘rniga tashkil etilgan BMT Atrof-muhit bo‘yicha dasturining boshqaruv organi hisoblanadi. Hozirda u 193 ta a’zoga ega va har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
UNEA–5.2 sessiyasi joriy yilning 2-martgacha davom etadi, 3–4 mart kunlari esa Assambleyaning 1972-yilda BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi tashkil etilganining 50 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan Maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi