O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamiyat
Poytaxtning eng yaxshi mahallalari nomi e’lon qilindi 06.01.2018JamiyatToshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xalq ta’limi, Madaniyat vazirliklari va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida «Mahalla – mening taqdirimda» ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. |
06.01.2018Jamiyat Xalqaro Press-klub Turkiyaning eng nufuzli axborot agentligi – «Anadolu» bilan hamkorlikni muhokama qildi. Shu kunlarda Xalqaro Press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev Anqara shahrida ushbu agentlik bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Muzokaralardan asosiy maqsad – O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi tarixiy islohotlarni yanada kengroq yoritish, xalqaro miqyosdagi ommaviy axborot vositalari va Xalqaro Press-klub o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan iborat. |
05.01.2018Jamiyat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan 2018 yilning 4 yanvar kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir davomida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 1559 ta qoidabuzarliklar aniqlandi, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy veb-sayti. |
05.01.2018Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi “Работа в России” portalida “shaxsiy kabinet” ochdi. |
05.01.2018Jamiyat Muntazam ravishda xabar qilinayotganidek, dunyo jamoatchiligi O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotgani barobarida ularga yuqori baholarni ham bermoqda. Mamlakatimizda kechayotgan hozirgi o’zgarishlar, xorijlik ekspertlarning fikr bildirishlaricha, nafaqat milliy, balki umumiy xalqaro ahamiyat ham kasb etmoqda. |
Fakt: kitobxonga taom ko‘proq yuqadi 05.01.2018JamiyatDoim kitobga oshno inson hatto keksayganda ham mantiqiy fikrlash qobiliyatini yo‘qotmaydi. Yozma va og‘zaki nutqning ravon va chiroyli bo‘lishi ham muntazam kitob o‘qishga bog‘liq. Biz shu kabi ma’lumotlarni juda ko‘p o‘qiganmiz. Ammo, kitob mutolaasi borasida yanada qiziqarli faktlar ham bor ekan. |
Qarshi shahri ko‘chalari bo‘ylab zirhli harbiy texnikalar tantanali marsh bilan harakatlandi 05.01.2018JamiyatQarshida “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan harbiy texnikalar namoyishi tashkil etildi. |
Toshkentdan Chimkentga avtobus yurdi 05.01.2018JamiyatToshkent shahridan Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston oblasti markazi Chimkent shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 8:00 da poytaxtimizning Olmazor tumanidagi "Toshkent" avtovokzalidan "Toshkent – Chimkent – Toshkent" yo‘nalishida ilk avtobus yo‘lga chiqdi. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tuzildi 04.01.2018Sog‘liqni saqlash2017 yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev OliyMajlisga yo‘llagan Murojaatnomasida bugungi kunda bironta ham hududda sog‘liqni saqlash tizimi aholi uchun munosib xizmat qiladigan darajada tashkil etilmaganini tanqidiy tahlil qilib, Qonunchilik palatasi o‘z ish faoliyatida asosiy e’tiborni tizimdagi ana shu muhim muammolarni, ayniqsa, joylarda hal etishga qaratishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlagan edi. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari Qonunchilik palatasida sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha alohida qo‘mita tashkil etib, uning a’zolari asosan hududlarda faoliyat ko‘rsatishi taklifini bildirgan edi. |
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi: 2017 yil sarhisobi, 2018 yil rejasi 04.01.2018JamiyatIsh kuni poyoniga yetganda xayolingizdan bugun uchun nimalarni reja qilgandim-u, nimalarga ulgurdim, ertaga bajarishim kerak bo‘lgan qanday ishlar bor, kabi savollar o‘tadi. Ularga javob izlab, buguningizdan goh ko‘ngil to‘ladi, gohida yo‘q. Ba’zida esa shunchaki bir kun o‘tgani — unda na olg‘a siljish, na orqaga ketish bo‘lganini sezasiz. Bu kun sarhisobi. Ammo bugun bizning oldimizda bir kun emas, bir yil sarhisobi turibdi. Bir yilki, unda o‘zgarishlar, yangilanishlar, rivojlanish va olg‘a intilishlar jadal bordi, imkoniyatlar eshigi ochilib, xalq roziligi va manfaati yo‘lida qilingan har bir harakat qo‘llab-quvvatlandi. Bunday yilda shunchaki ishlab va uni shunchaki sarhisob ham qilib bo‘lmaydi... |
3-tug‘ruq majmuasi yangi binoda 04.01.2018Sog‘liqni saqlashSamarqand shahridagi 3-tug‘ruq majmuasi ginekologiya bo‘limi faoliyatini yangi binoda davom ettirmoqda. |
04.01.2018Jamiyat Baxtiyor Saidjonov rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri poytaxtimizdagi "Navro‘z" bog‘ida konsert dasturi taqdim etdi. Yuksak mahorat bilan ijro etilgan harbiy kuy-qo‘shiqlar, jumladan, orkestr karnaychisi Inar Asfandiyorov ijrosi yosh tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Xususan, O‘tkir Muhiddinovning klarnetda va Aleksandr Shaxunovning basda ijro etgan kuylari barchaga manzur bo‘ldi. |
Endi Koson va Chiroqchi tumanlaridagi 20 mingdan ortiq xonadonda chiroq o‘chmaydi 31.12.2017JamiyatQashqadaryo viloyatining Koson tumani Raim So‘fi nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida umumiy quvvati 32 megavatt bo‘lgan “Turon” podstansiyasi va 28 kilometr uzunlikda 2 zanjirli 110 kVt.li havo liniyasi qurilib, foydalanishga topshirildi. |
Qorako‘lda yirik sport zali va yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi 31.12.2017JamiyatBuxoro viloyati Qorako‘l tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi bir kunda 200 nafar yosh shug‘ullanadigan o‘ziga xos sport markaziga ega bo‘ldi. |
Surxondaryoda 140 imkoniyati cheklangan oila yangi yilni yangi uyda nishonlaydi 31.12.2017JamiyatTinch-xotirjam, obod va osuda turmush kechirishga bo‘lgan ishtiyoq insonni yaxshi mehnat qilish, uy-joy barpo etish va ro‘zg‘orini butlashdek ezgu ishlarga undaydi. Shu asosda farovon hayot kechirishga intiladi. Biroq oramizda ayrim insonlar borki, imkoniyati cheklangani bois, o‘z uyiga ega bo‘lish ular uchun bir umr ushalmas orzu bo‘lib tuyuladi. |
Qoraqalpog‘istondagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari uy va avtomashinali bo‘ldi 31.12.2017JamiyatNukus shahrining “Xo‘jayli guzari”da qad rostlagan ko‘p qavatli turar joy xonadonlari kaliti Yangi yil bayrami arafasida yosh oilalarga topshirildi. Zamonaviy me’moriy tizimda bunyod etilgan 48 xonadonga mo‘ljallangan 4 qavatli uyda barcha qulayliklar yaratilgan. |
Toshkent viloyatida 255 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uyi va avtomashina topshirildi 31.12.2017JamiyatToshkent viloyatining Olmaliq shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qilish marosimi o‘tkazildi. |
31.12.2017Jamiyat Qashqadaryo viloyati tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish markazlariga “Damas” rusumli avtomashinalar topshirildi. |
Urganchda 31 nafar uy-joyga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqaro yangi uyga ko‘chib o‘tdi 31.12.2017JamiyatYangi yil ostonamizda turgan shu kunlarda Xorazm viloyati Urganch tumanida 31 nafar uy-joyga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqaroga yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uylar kaliti tantanali ravishda topshirildi. |