O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qashqadaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i: “2018 yilda Qashqadaryoda 23 ming ishsiz kishi jamoat ishlariga jalb qilinadi”
2017-12-31 | Jamiyat
Qashqadaryo viloyati tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish markazlariga “Damas” rusumli avtomashinalar topshirildi.
Ushbu avtomobillar hududlarda aholi bandligini ta’minlash, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish, xalqimizning real daromadlari va xarid qobiliyatini oshirish, jamoat ishchilarini tashish, mehnatga layoqatli aholining rasman bandligini, kam ta’minlangan va aholining muhtoj qatlami farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
– 2017 yil 1 oktyabrdan Shahrisabz tumanida tajriba sifatida band bo‘lmagan aholini jamoat ishlariga jalb etish yo‘lga qo‘yildi, – deydi Qashqadaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Qodirov. – Mazkur tizim 2018 yilning 1 yanvaridan barcha tumanlarda bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Boshqarma boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, viloyatda 2018 yil uchun tuman (shahar)lar hokimlari va 4 sektor tomonidan tasdiqlangan Dasturga asosan 7 yo‘nalish bo‘yicha 23 ming 695 nafar mehnatga layoqatli, ammo ayni vaqtda ishsiz bo‘lgan fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib, vaqtinchalik ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA