O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Prokuratura organlari xodimlari kuni nishonlandi

09.01.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Bosh prokuratura huzurida multimedia markazi ish boshladi

09.01.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

“Qamchiq” dovoni bo'yicha tezkor xabarnoma

08.01.2018Jamiyat

FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi (FVBM) xabar qiladi:

O‘zbekiston Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev: “Aholiga haqqoniy axborot o‘z vaqtida yetkaziladi”

08.01.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev nutq so‘zladi.

2018-yilning birinchi haftasida 97 kishi yo‘l-transport hodisasi oqibatida shifoxonaga tushdi

08.01.2018Jamiyat

O‘tgan haftada O‘zbekistonda 99 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 97 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.

Prokuratura huzuridagi yangi markaz O‘zA, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Taraqqiyot strategiyasi markazi va Xalqaro press-klub bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

08.01.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazining ochilish marosimida Axborot-tahlil multimedia markazi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Taraqqiyot strategiyasi markazi, Xalqaro press-klub o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ochildi

08.01.2018Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 14 noyabrdagi “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muvofiq tashkil etilgan mazkur markaz zamonaviy texnologiyalar va kreativ yondashuvlardan foydalangan holda axborot-tahliliy media materiallarni tayyorlaydi.

Tahlillar fuqarolar yig‘inlariga yetarli darajada uslubiy-amaliy yordam berilmayotganini ko‘rsatdi

08.01.2018Jamiyat

Jizzaxda o‘tkazilgan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashining yig‘ilishida uning 2017 yil faoliyati yakunlari tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi. 

Samarqandliklar istiqbolda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan hujjatni keng targ‘ib qilmoqda

08.01.2018Jamiyat

Samarqand viloyati shahar va qishloqlarida davlatimiz rahbarining Murojaatnomasini o‘rganish va uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik orasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Poytaxtimizdagi 750 mingdan ziyod oilaning ahvoli nima maqsadda o‘rganildi?

08.01.2018Jamiyat

Poytaxtimizda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashining 2017 yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Turon» podstansiyasi qurilishi nima beradi?

08.01.2018Jamiyat

Qashqadaryo viloyati Koson tumani Raim So‘fi qishlog‘idagi 2x4000 kVA 35/10 kVli “Raim So‘fi” podstansiyasi 1975 yilda qurilgan bo‘lib, undan chiquvchi beshta 10 kVli “Xo‘jaquduq”, “Olatun”, “Yakkasaroy”, “Yodgor” va “Kasbkor” havo tarmoqlari orqali ushbu hududdagi 3000 dan ziyod aholi va yuridik iste’molchilar elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Surxondaryoda ikkita yo‘l-patrul xizmati maskani va to‘rtta blok post olib tashlandi

08.01.2018Jamiyat

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq mamlakatimizda blok postlar va yo‘l-patrul xizmati maskanlarini optimallashtirish davom etmoqda.

Namanganda Sayyor qabul

08.01.2018Jamiyat

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abduhamid Karimov 2018 yilning 4-6 yanvar kunlari Respublikamizning Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari bo‘ylab bir necha Sayyor uchrashuvlarni o‘tkazdi.

Oliy Majlis huzurida yangi institut o‘z faoliyatini boshladi

08.01.2018Siyosat

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa davr mobaynida hokimiyatning xalq saylagan vakillik organlari – parlament, xalq deputatlari kengashlarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va ahamiyati tubdan o‘zgardi. Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning vakolatlari bosqichma-bosqich kengaytirildi, parlament va jamoatchilik nazorati institutlari mustahkamlanmoqda.

Haj va Umraga borishda ham adolat o‘rnatiladi

08.01.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq avval Hajga borgan fuqaro qayta yuborilmaydi. Shuningdek, Umra ziyoratiga bormoqchi bo‘lgan fuqaro so‘nggi ikki yil mobaynida Umra yoki so‘nggi besh yil mobaynida Haj tadbiriga bormagan bo‘lishi kerak. Bu ko‘pchilik yurtdoshlarimizning adolat nuqtai nazaridan niyatlari amalga oshishiga xizmat qiladi.

 

Uzoq yillar maktabda o‘qituvchilik qilgan ota o‘g‘liga uy berilganidan xursand

06.01.2018Jamiyat

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilgan “Yoshlar uyi”dagi xonadonlar turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yosh oilalarga topshirildi. 

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 10 yanvarga qadar to’lashni unutmang

06.01.2018Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-454-sonli Qonuniga muvofiq:

O‘rganamiz, targ‘ib etamiz

06.01.2018Jamiyat

Samarqand shahridagi Konsert zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Oliy Majlisiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik orasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.