O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qorako‘lda yirik sport zali va yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi

2017-12-31 | Jamiyat

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi bir kunda 200 nafar yosh shug‘ullanadigan o‘ziga xos sport markaziga ega bo‘ldi.

Bu yerda yirik sport zali va unga yonma-yon yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi. Umumiy loyiha-smeta qiymati 4,3 milliard so‘m bo‘lgan ushbu obyektlar O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etilib, 343 million so‘mlik jihozlar bilan ham ta’minlandi.

Sport zalida milliy kurash, erkin va yunon-rum kurashi, boks, dzyudo bilan shug‘ullanish uchun barcha qulaylik yaratilgan. Hakamlar, murabbiylar, tibbiyot xonalari ham tashkil etilgan.

– Shu paytgacha moslashtirilgan eski binoda shug‘ullanib kelardik. Ochig‘i, barqaror isitilmaydigan inshoot mashg‘ulotlar uchun nobop edi, – deydi yaqinda Hindistonda o‘tkazilgan kurash bo‘yicha 20 yoshgacha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati oltin medali sohibi Abdulaziz Hamroyev. – Biz bugun o‘zimiz orzu qilgan sport zaliga ega bo‘ldik. Bu yerdan hali yurtimizni dunyoga tanitadigan yosh sportchilar yetishib chiqishiga ishonaman.

Yopiq suzish havzasi ham yangi yilga ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirdayoq suv sportiga 100 ga yaqin o‘g‘il-qiz qiziqish bildirayotgan ekan. Ular safiga qo‘shni Olot tumani yoshlari ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Umuman, bugungi kunda Qorako‘l tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida 6 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ulanmoqda.

Yangi inshootda kattalar uchun sog‘lomlashtirish guruhlarini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

 

Erkin Yodgorov, O‘zA

Поделиться