O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Urganchda 31 nafar uy-joyga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqaro yangi uyga ko‘chib o‘tdi
2017-12-31 | Jamiyat
Yangi yil ostonamizda turgan shu kunlarda Xorazm viloyati Urganch tumanida 31 nafar uy-joyga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqaroga yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uylar kaliti tantanali ravishda topshirildi.
– Bunday e’tibor, g‘amxo‘rlik bizni umidsizlik, ishonchsizlik kayfiyatidan qutqarib, hayotimizga yangi mazmun olib kirmoqda, ruhan tetiklik bag‘ishlamoqda, – deydi yangi uy egalaridan biri Omonjon Qutlimurodova. — Bu uyda to‘ylar o‘tkazib, yaxshi kunlarimni el bilan baham ko‘rishdek baxtga yetganimga shukronalar aytaman.
Xorazm viloyati hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilda nogironligi bor, ehtiyojmand 115 fuqaro imtiyozli, arzon va barcha qulayliklarga ega uy bilan ta’minlandi.
Shonazar QORIYEV olgan suratlar