O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
3-tug‘ruq majmuasi yangi binoda
2018-01-04 | Sog‘liqni saqlash
Samarqand shahridagi 3-tug‘ruq majmuasi ginekologiya bo‘limi faoliyatini yangi binoda davom ettirmoqda.
Tibbiy muassasaning akusherlik va ginekologiya bo‘limlari shu paytgacha bitta binoda joylashgan edi. Ancha vaqtdan buyon foydalanilmay kelayotgan binosi 2017 yil investitsiya dasturiga kiritilib, 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga kapital ta’mirlandi.
Qirq besh o‘ringa mo‘ljallangan yangi bo‘limda ultratovush tekshiruvi, kolposkopiya, EKG, tahlilxona, kichik operatsiya xonalari tashkil qilingan. Bundan tashqari, qabul bo‘limi, ko‘rik va muolaja xonalari zarur mebel va tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan.