O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rossiyalik ish beruvchilar resursida o‘z “shaxsiy kabineti”ni ochdi
2018-01-05 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi “Работа в России” portalida “shaxsiy kabinet” ochdi.
“Shaxsiy kabinet” agentlikka O‘zbekiston fuqarolarini ishga olish istagini bildirgan rossiyalik ish beruvchilar ro‘yxati bilan tanishishini ta’minlaydi.
Agentlikda, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlaydigan ish beruvchining mehnat sharoitlari bilan tanishish va mamlakat fuqarolariga nisbatan mehnat qonunlarini buzgan ish beruvchilar yuzasidan Rossiya Federatsiyasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish federal xizmati “shaxsiy kabineti”ga so‘rov yuborish imkoniyati paydo bo‘ladi.