O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamiyat
Gulistonda “Avtotest” o‘quv markazi ish boshladi 16.01.2018JamiyatO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-sentyabrdagi “Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Guliston shahrida “Avtotest” o‘quv markazi faoliyat boshladi. |
Bir mahalla: Kimdir uyida tikuvchilik sexi ochgan, boshqasi beton g‘isht ishlab chiqarmoqda 16.01.2018JamiyatQarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini ahli tadbirkorligi bilan ajralib turadi. Mahalla ko‘chalari obod, sarishta. 1 ming 212 xo‘jalik, 4 ming 700 dan ziyod aholi yashayotgan hududda o‘nlab savdo do‘konlari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tikuvchilik sexlari faoliyat yuritmoqda. |
Mardlik, matonat va jasorat ulug‘landi 16.01.2018JamiyatSamarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. |
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar eshitildi 16.01.2018JamiyatSamarqandda Prezidentimizning Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. |
Mahalla fuqarolar yig‘inlari mahalla markazlari loyihasining taqdimoti o‘tkazildi 16.01.2018JamiyatUrgut tumanida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi tashabbusi bilan sayyor seminar o‘tkazildi. |
16.01.2018Siyosat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 2017 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Navoiy viloyatlaridagi oltita jazoni ijro etish muassasasida mahkumlar hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha kompleks nazorat olib bordi. |
Murojaatnoma Buxoroda o‘rganilmoqda 16.01.2018JamiyatPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan ma’naviy ma’rifiy tadbirlar Buxoro viloyatida ham o‘tkazilmoqda. |
16.01.2018Jamiyat Jizzax viloyatida 2017- yilning ikkinchi yarmida aholidan energiya resurslari uchun jami 239 milliard so‘m to‘lov undirildi. Bu 2016- yilning shu davriga nisbatan qariyb 100 milliard so‘m ko‘p. |
“Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi 15.01.2018Jamiyat“14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2018-yilning 13-yanvar kuni vazirlik binosida tantanali tadbir o‘tkazildi. |
15.01.2018Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizni 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomalarida yurtimizning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini oshirish bilan bog‘liq vazifalar ko‘rsatib berildi. |
O‘zbekistonda mehmonxonalarga munosabat ularning “yulduzlari”ga bog‘liqmi? 16.01.2018TurizmO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzuridagi press-xollda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi. |
Murojaatlar e’tiborsiz qolmaydi 16.01.2018JamiyatDavlat soliq qo‘mitasi va hududiy soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan "Ishonch telefon"lari hamda elektron xizmatlar orqali fuqarolar, barcha toifadagi soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlaridan bo‘layotgan murojaatlar, xat va arizalar o‘z vaqtida qabul qilinib, izchil o‘rganib, tahlil etib borilmoqda. |
Yangilik: Qoraqalpog‘istonda raqamli televideniyega o‘tish boshlandi 15.01.2018TexnologiyalarQoraqalpog‘iston Respublikasi "UZDIGITAL TV" raqamli televideniyesi test rejimida efirga uzatilmoqda. Joriy yil fevral oyidan uch turli tarif asosida yopiq tarzda efirga uzatiladi. Bu haqda kompaniya rasmiylari ma’lum qildi. |
Qabristonlar obodligi yurt obodligidir 15.01.2018JamiyatHar bir xalqning madaniyatini bilmoqchi bo‘lsang, mozoriyu bozorini borib ko‘r, degan naql bor. Zero, mozor marhumlarning maskani, bozor esa tiriklarning yashash manbai sanaladi. Istiqlol yillarida azizlarimizning qadamjolari, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirishga katta e’tibor qaratildi. Chunki bu joylarda yurtimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan ne-ne aziz insonlarimiz, qondosh-jondoshlarimiz yotibdi. Marhumlar mangu qo‘nim topgan maskanlarni obod qilish tiriklarning vazifasidir. Qabristonlarni ziyorat qilganda beixtiyor umr o‘tkinchiligi esga tushadi. Inson o‘zini xayrli ishlarga chog‘laydi. Nojoiz yumushlardan tiyiladi. Payg‘ambarimiz Muhammad sallalloxu alayhivassallam o‘z hadislaridan birida qayd etganlaridek: “Qabristonni ziyorat qilib turinglar, zero, u sizlarga oxiratni eslatadi”. |
Vatan himoyachilari kuni bayrami viloyat tadbiri 15.01.2018Jamiyat14 yanvar kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganligining 26 yilligiga bag‘ishlab hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan viloyatning asosiy tadbiri o‘tkazildi. Bayram erta tongda shahardagi Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yishdan va Farg‘ona shahri ko‘chаlari bo‘ylab harbiy parad – festival o‘tkazilishi bilan boshlandi. |
“Yosh vatandoshlar festivali” qachon bo‘ladi? Unda kimlar ishtirok etadi? 15.01.2018JamiyatO‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ilk marotaba xorijda istiqomat qilayotgan, uzoq muddatga o‘qishga, ishga ketgan, turli xil yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishgan 16-30 yosh o‘zbekistonlik yigit-qizlarni birlashtiruvchi festival tashkil etiladi. |