O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiyaning «Anadolu» axborot agentligi: «Biz Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlari haqida ko‘proq axborotlar bilishni xohlaymiz”

2018-01-06 | Jamiyat

Xalqaro Press-klub Turkiyaning eng nufuzli axborot agentligi – «Anadolu» bilan hamkorlikni muhokama qildi. Shu kunlarda Xalqaro Press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev Anqara shahrida ushbu agentlik bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Muzokaralardan asosiy maqsad – O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi tarixiy islohotlarni yanada kengroq yoritish, xalqaro miqyosdagi ommaviy axborot vositalari va Xalqaro Press-klub o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

«Anadolu» – Turkiyadagi birinchi va eng yirik va keng auditoriyaga ega axborot agentligidir. 1920-yilda Prezident Kamol Otaturk tashabbusi bilan ochilgan agentlik Anqara shahrida joylashgan bo‘lib, uning butun dunyoda 36 ta muxbirlik punktlari faoliyat yuritmoqda. Agentlikning yangiliklari 11 tilda – turk, ingliz, fransuz, arab, rus, alban, bosniya, kurd, makedon hamda fors tillarida chop etiladi. Anadolu agentligi Fransiyaning eng yirik axborot agentligi – Agence France-Presse, dunyodagi eng katta fotobank – Getty Images kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Agentlik shiori – «Ishonchli, xolis va tezkor jurnalistika».

Uchrashuv davomida Anadolu agentligi vakillari O‘zbekistonda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘layotganidan xabardor ekanliklari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyati, tashabbuslari O‘zbekistonda juda ko‘p yangiliklar oqimini yuzaga keltirayotganini ta’kidladilar. O‘zbekistondagi islohotlar dunyo hamjamiyatning qiziqishini orttirayotgan bir paytda turk ommaviy axborot vositalari nafaqat davlat, balki nodavlat media-manbalar orqali ham O‘zbekistondagi yangiliklar haqida yanada ko‘proq ma’lumot olish istagi borligi qayd etildi. Chunki shaffof va ochiq axborotga ega mamlakatga investitsiya oqimi ko‘payadi. Demak, axborot olamida yanada kengroq hamkorlik qilish turkiyalik investorlarni O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini orttiradi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining Parlamentga Murojaatida qayd etilgan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetining tashkil etilishi haqidagi xabar juda ijobiy qabul qilingani va kerak bo‘lsa, bu borada Turkiyadagi jurnalistika universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashish, malaka oshirishga o‘zbekistonlik talabalarni taklif qilish fikrini bildirdilar.

“O‘zbekistonda media-turlarda ishtirok etish, Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan Harakatlar strategiyasi va amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish va albatta Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi ko‘hna shaharlarni ko‘rish biz uchun katta sharaf,” dedi agentlikning Tillar bo‘yicha bosh muharriri Mehmet O‘zturk.

«Biz Anadolu agentligining katta tajribasidan foydalanmoqchimiz. Anadolu agentligi bilan turli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchimiz», deydi Sherzodxon Qudratxo‘jayev agentlikka bergan intervyusida.

Hamkorlik doirasida eng yangi va eng samarali axborot formatlar - teleko‘priklar, ijtimoiy tarmoqlar, audio va videomateriallardan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Xalqaro press-klub va «Anadolu» agentligi o‘rtasidagi muloqotlar «xalq diplomatiyasining» uzviy qismi sifatida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi barcha sohalardagi aloqalar rivojiga o‘z xissasini qo‘shadi.

Поделиться