O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qoraqalpog‘istondagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari uy va avtomashinali bo‘ldi
2017-12-31 | Jamiyat
Nukus shahrining “Xo‘jayli guzari”da qad rostlagan ko‘p qavatli turar joy xonadonlari kaliti Yangi yil bayrami arafasida yosh oilalarga topshirildi. Zamonaviy me’moriy tizimda bunyod etilgan 48 xonadonga mo‘ljallangan 4 qavatli uyda barcha qulayliklar yaratilgan.
– Zamonaviy loyiha asosida qurilgan bu uylarda hamma sharoit yetarli, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xo‘jayli tumani kengashi raisi Xalil Xolmurodov. – Ikki xonali shinam uyimiz turmush o‘rtog‘imga, bolalarimga ham juda yoqdi. Shuningdek, “Matiz” rusumli xizmat mashinasi ham berildi. Biz, yoshlarga ana shunday baxtli yashash imkoniyatini yaratib berayotgan davlatimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga va’da beraman.
Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Nukus shahar, Ellikqal’a, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Xo‘jayli va Chimboy tumanlari kengashlari raislariga “Matiz” rusumli xizmat mashinalari kaliti topshirildi.
A.Ortiqboyev, O‘zA