O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev: “Aholiga haqqoniy axborot o‘z vaqtida yetkaziladi”

2018-01-08 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev nutq so‘zladi.

Bosh prokuror o‘z so‘zida mamlakatimizdagi shiddatli islohotlarning nafaqat guvohi, balki ishtirokchisi hammiz, deb alohida qayd etdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan Harakatlar strategiyasi bu borada mustahkam zamin bo‘lmoqda.

Shu asosda hozirgi kungacha 30 dan ortiq qonun va yuzlab qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Ularning barchasida xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan tamoyil asosiy o‘rin tutgan.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida e’tibor kuchaygani jamiyatimiz muhiti sog‘lomlashishiga xizmat qilmoqda.

Aholini sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi axborotlar bilan ta’minlash bugungi kunda dolzarb bo‘lib, bu huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Bu jarayonda ba’zan noxolis axborotlar uchrayotgani sir emas.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 14 noyabrdagi “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori aholiga to‘liq va haqqoniy axborot bilan ta’minlashga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi.

Qarorga muvofiq Bosh prokuratura huzurida tashkil etilgan Axborot-tahlil multimedia markazi bu borada muhim o‘rin tutib, inson huquqlarini ta’minlash sohasida izchil faoliyat yuritadi.

Поделиться