O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Surxondaryoda ikkita yo‘l-patrul xizmati maskani va to‘rtta blok post olib tashlandi
2018-01-08 | Jamiyat
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq mamlakatimizda blok postlar va yo‘l-patrul xizmati maskanlarini optimallashtirish davom etmoqda.
Surxondaryo viloyatida ikkita yo‘l-patrul xizmati maskani va to‘rtta blok post olib tashlandi.
Viloyat hududidagi “Sherobod”, “Qumqo‘rg‘on” yo‘l-patrul xizmati maskanlari, “Bobotog‘”, “Sariqamish”, “RMZ”, “Salovat” blok postlarining tugatilishi avtotransport vositalarining serqatnov paytida duch kelinadigan tirbandliklarga batamom chek qo‘ydi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA