O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Haj va Umraga borishda ham adolat o‘rnatiladi

2018-01-08 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq avval Hajga borgan fuqaro qayta yuborilmaydi. Shuningdek, Umra ziyoratiga bormoqchi bo‘lgan fuqaro so‘nggi ikki yil mobaynida Umra yoki so‘nggi besh yil mobaynida Haj tadbiriga bormagan bo‘lishi kerak. Bu ko‘pchilik yurtdoshlarimizning adolat nuqtai nazaridan niyatlari amalga oshishiga xizmat qiladi.

 

Haj tadbiriga boradigan nomzodlarni saralash ishlari bu mavsumdan kamida 5 oy avval boshlanadi. Hajga boradigan nomzodlarni mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida saralab olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tuman (shahar) hokimi tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi. Ishgu guruh tuman bosh imomi, mahalla imomi, mahalla raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, profilaktika inspektori, Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Nuroniy” jamg‘armasi vakillaridan tashkil topadi. Nomzodlar mazkur ishchi guruh tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi va munosiblar tanlab olinadi.

Haj va Umra musulmonlar uchun eng muqaddas ziyorat. Unda ishtirok etish oliy niyatdir. Qarorga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda bu jihatlar alohida e’tiborga olinib, nomzodlarga bir qator talablar qo‘yildi. Jumladan, nomzod Haj amallarini to‘g‘ri va to‘la-to‘kis ado etish uchun yetarli diniy bilimga ega bo‘lishi, ma’naviyati, odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e’tiborli, oilasidagi muhitning sog‘lomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanishi, mahalladagi sog‘lom muhitni yaxshilashda ibrat bo‘la olishi, yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarishga layoqatli bo‘lib, mahalla tadbirlarida faol ishtirok etishi lozim.

Barcha talablarga javob beradigan nomzodlar bo‘yicha 15 kun mobaynida jamoatchilik fikri o‘rganiladi. Ular tomonidan bildirilgan fikr va e’tirozlar 5 kun muddatda ko‘rib chiqiladi. 

Qarorda jamiyatdagi ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda mahallalardagi yo‘ldan adashganlarni sog‘lom e’tiqodga qaytarishda alohida namuna ko‘rsatgan imom-xatiblarning imtiyozli ravishda Haj safariga borishiga tavsiya berish ko‘zda tutilgan.

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA

Поделиться