2018-yilning birinchi haftasida 97 kishi yo‘l-transport hodisasi oqibatida shifoxonaga tushdi
O‘tgan haftada O‘zbekistonda 99 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 97 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
2017-yilning oxirgi haftasida esa 196 yo‘l-transport hodisasi tufayli 196 fuqaro jabrlangan edi.
2018-yil 1-7-yanvar kunlari yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 63 ming 410 qoidabuzarlik aniqlangan.
1 ming 628 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 10 ming 728 nafari belgilangan tezlik talablarini, 747 nafari svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasini buzgan. Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 9 ming 753 nafar haydovchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 25-31-dekabr kunlari 70 ming 259 qoidabuzarliklar ro‘yxatga olingan edi.