O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prokuratura huzuridagi yangi markaz O‘zA, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Taraqqiyot strategiyasi markazi va Xalqaro press-klub bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
2018-01-08 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazining ochilish marosimida Axborot-tahlil multimedia markazi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Taraqqiyot strategiyasi markazi, Xalqaro press-klub o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.
Bundan ko‘zlangan maqsad – yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aholining xabardorligini oshirishda o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.
Shu asosda kelgusida hamkorlikda audio va videoroliklar, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, ijtimoiy reklamalar, voqealar joyidan reportajlar, hujjatli filmlar va detektiv seriallar tayyorlanadi.