O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 10 yanvarga qadar to’lashni unutmang

2018-01-06 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-454-sonli Qonuniga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 285-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 10 yanvariga qadar taqdim etilishi;

Shuningdek, Soliq kodeksining 286-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq yer solig‘ini to‘lash yuridik shaxslar tomonidan har oyning 10-kuniga qadar yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qaroriga muvofiq yer solig‘i stavkasi 2017 yilga nisbatan 1,15 foizga indeksatsiya qilindi va mazkur qarorning 19-ilovasida keltirilgan stavkalar bo‘yicha tasdiqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchilari diqqatiga !!!

Soliq kodeksining 285-moddasiga muvofiq 2018 yil uchun yer solig‘ining hisob-kitobini yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 10 yanvariga qadar taqdim etilishi;

Shuningdek, Soliq kodeksining 286-moddasiga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini har oyning 10-kuniga qadar yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lab borilishi so‘raladi.

Поделиться