O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prokuratura organlari xodimlari kuni nishonlandi

2018-01-09 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-dekabrdagi qonuniga muvofiq joriy etilgan mazkur sana mamlakatimizda ikkinchi bor nishonlandi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev prokuratura organlari faoliyati haqida to‘xtalar ekan, bu tizim qonunlar ijrosi ustidan nazorat olib borishi zarurligini alohida ta’kidlagan. Shu maqsadda sohani tubdan isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Soha xodimlarining faoliyati xalq manfaatlariga xizmat qilishga yo‘naltirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev ana shu jihatlarga e’tibor qaratar ekan, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlashda soha xodimlari zimmasidagi mas’uliyat yanada ortganini qayd etdi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoyalash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasidagi faoliyat izchil takomillashtirilmoqda. 

Zero davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, prokuratura organlari xodimlarining ishi katta mas’uliyat, fidoyilik, halollikni talab qiladi. Qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida inson taqdiri turadi. Shunday ekan, yetti o‘lchab bir kesish bu borada asosiy mezon bo‘lmog‘i shart. 

Harakatlar strategiyasi, Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida inson huquqlari kafolatini ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar kuchaytirildi. Aholi va tadbirkorlarning qonuniy huquqlari izchil ta’minlanayotir. Jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasiga e’tibor kuchaygani prokuratura xodimlarining xalq bilan bevosita muloqot olib borish, ularning muammolarini joyida hal etish imkoniyatini oshirdi. 

Bosh prokuratura, Harbiy prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti, Majburiy ijro byurosi xodimlari va boshqalar ishtirok etgan tadbirda jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonuniylikni ta’minlash, yuridik kadrlarni tayyorlash va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan hamda xizmat vazifasini namunali bajarayotgan xodimlar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillari munosib taqdirlandi.

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться