O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda Sayyor qabul

2018-01-08 | Jamiyat

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abduhamid Karimov 2018 yilning 4-6 yanvar kunlari Respublikamizning Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari bo‘ylab bir necha Sayyor uchrashuvlarni o‘tkazdi.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov 4 yanvar kuni dastlab o‘z safarini Namangan viloyati, Namangan shahridagi Muhandislik texnologiyalari institutida tashkil etilgan Sayyor qabulda ishtiroki bilan boshladi.

Mazkur uchrashuvga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar, yirik ishlab chiqarish korxonalarining vakillari hamda institutning bir guruh o‘qituvchilari va faol talaba-yoshlari taklif etildi.

Sayyor uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov so‘zga chiqib, yangi yilda ham Respublikamiz miqyosida Sayyor uchrashuvlarni ko‘proq tashkil etishga e’tibor qaratilganligini alohida ta’kidlab, hozirgi kunda Agentlik tomonidan olib borilayotgan ishlarning ko‘lami va tadbirkorlarga, ishlab chiqarish korxonalari hamda eksportiyor korxonalarning faoliyatlarini yanada rivojlantirish masalalarida “O‘zstandart” agentligi tomonidan berilayotgan amaliy yordamlar xususida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuvda Namangan Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i A.Ubaydullayev, Namangan Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori B.Boyboboyev va institutning rahbariyati ishtirok etib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlashga kelishib oldilar.

Поделиться