O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Har ishda kamarbastamiz!

07.03.2018Jamiyat

Bugungi kunda yurtimizdagi xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini yanada oshirish, izzat-ikromini joyiga qo‘yish, ularning og‘irini yengil qilish davlatimiz siyosatining bosh mezoni hisoblanadi.

Samimiy qutlov

07.03.2018Siyosat

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po’lat Bobojonov Belarus ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami bilan muborakbod etdi.

Deputatlar turizmni, sud tizimini rivojlantirishga xizmat qiladigan va xalqaro munosabatlarni mustahkamlaydigan qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar

06.03.2018Jamiyat

6-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar qonun ustuvorligini ta’minlashga va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, deputatlar turizm industriyasini jadal rivojlantirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Qonun loyihalarini qabul qilish, parlament vakillarining fikriga ko‘ra, Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

2018 yilda Namangan sog‘liqni saqlash muassasalariga 534 milliard so‘m ajratildi

06.03.2018Sog‘liqni saqlash

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy yilda davlat byudjetidan 534 milliard 196 million so‘m mablag‘ ajratildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 95 milliard so‘m yoki 22 foiz ko‘pdir.

“Uchinchi sektor” subyektlarining dastur va loyihalari uchun 17,7 milliard so‘m mablag‘ ajratildi

06.03.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

FVV 22 yoshda

06.03.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining madaniyat saroyida 4 mart — Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkil topganiga 22 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining axborot xabarnomasi

06.03.2018Jamiyat

Qozоg‘iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yil 5 mart kuni soat 10:50 da Qozog‘iston Respublikasi Aktyube viloyati Olke qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lining 778 km.da Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishida harakatlanayotgan  davlat raqami D 432 ADA 04 «KAMAZ» yuk avtomobili bilan davlat raqami 505 198 RUS “Opel-Astra» yengil avtomashinasining to‘qnashuvi natijasida 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo‘lgan.

Sirdaryoda maqom dastasiga asos solindi

06.03.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil oktyabrdagi “Milliy maqom san’atini rivojlantirish va yoshlarni yuksak insoniy tuyg‘ular ruhida tarbiyalash, ularning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda ma­kom san’atining keng imkoniyatlaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilinganidan keyin bu sohada ibratli va xayrli ishlarga qo‘l urilayotganidan ko‘nglimiz to‘ldi. Milliy mumtoz san’atimiz gultoji sanalgan maqomni yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar berilib, san’atning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha ijod etayotgan yoshlarning uning sirlarini puxta egallashlariga shart-sharoit yaratilayotganligi, ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz

Termiz Davlat Universitetida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

06.03.2018Jamiyat

Xalqaro bank kartalarini qabul qiladigan bankomatlar dislokatsiyasi

06.03.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 6 fevraldagi PK-3509-son Qarori bilan tasdiqlangan Kirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining 28-bandida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan joylarda o‘rnatilgan xalqaro bank kartalarini qabul qiladigan bankomatlar dislokatsiyasi ma’lumoti taqdim etildi.

Innovatsiyalar – taraqqiyotning muhim omili

06.03.2018Jamiyat

Mamlakatimizda yuksak taraqqiyot asri talablariga xos ravishda innovatsion texnologiyalarni hayotga keng tatbiq etishga, yosh avlodni yaratuvchanlik ruhida, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarga intiluvchan, intellektual salohiyatli, har jihatdan yetuk kamol toptirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Murojaatlarga 15 kun muddatda javob beriladi

06.03.2018Jamiyat

Samarqand davlat universitetida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tartibga solish, davlat organlarida murojaatlar bilan ishlovchi xodimlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Shumanaydagi yarmarkadan reportaj: 52 fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 68 yosh tadbirkor, hunarmand va fermerlar ko‘rgazmasi

06.03.2018Jamiyat

Shumanay tumanida “Yoshlar - kelajak bunyodkori”, “Xalqimiz xizmatida bo‘lish va yurtimiz rivojiga hissa qo‘shish - katta baxt” mavzularida yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar savdo ko‘rgazmasi va yoshlarni yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Parlamentlararo Ittifoq o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari

06.03.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov, Tashqi ishlar vazirligi xodimlari va yurtimizning Jenevadagi diplomatik korpusi vakillaridan iborat delegatsiya Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashdi.

Nukus oliy sport maktabi tashkil etiladi

06.03.2018Jamiyat

Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda dushanba kuni Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etiladi

06.03.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etiladi.

Sport sohasidagi korrupsiya holatlari bilan maxsus boshqarma shug‘ullanadi

06.03.2018Jamiyat

Xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish belgilandi.

Islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan

06.03.2018Jamiyat

Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, Vatan, jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi qoshidagi “Yoshlar Parlamenti” deputatligiga bo‘lib o‘tgan saylovlar ham ayni maqsadlarni ko‘zlashi bilan ahamiyatlidir. 

Milliy antidoping agentligining bosh direktori tayinlandi

05.03.2018Jamiyat

Nodirjon Botirovich Tursunov Hukumat qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining bosh direktori etib tayinlandi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi dunyoda yangi tashkil etilgan “aql markaz”lari 50 talik reytingiga kiritildi

05.03.2018Jamiyat

2017-yil yakunlariga ko‘ra, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi “Global Go To Think Tank Index Report” dunyodagi tadqiqot va tahlil markazlari yillik reytingiga kiritildi.