O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining axborot xabarnomasi

2018-03-06 | Jamiyat

Qozоg‘iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yil 5 mart kuni soat 10:50 da Qozog‘iston Respublikasi Aktyube viloyati Olke qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lining 778 km.da Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishida harakatlanayotgan  davlat raqami D 432 ADA 04 «KAMAZ» yuk avtomobili bilan davlat raqami 505 198 RUS “Opel-Astra» yengil avtomashinasining to‘qnashuvi natijasida 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Qozog‘iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar Komiteti bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsi aniqlandi. Halok bo‘lgan fuqarolar haqida ma’lumot:

  1. 1978 y.t. Isakov Zoxidjon Mansurovich (haydovchi, Andijon viloyati, Asaka tumani, «O‘zbekiston» QFY, Do‘rmon ko‘chasi raqamsiz uyda yashagan).
  2. 1975 y.t. Yuldashev Kodirjon Komilovich (yo‘lovchi, Andijon viloyati, Asaka tumani, «O‘zbekiston» QFY, Do‘rmon ko‘chasi raqamsiz uyda yashagan).

Halok bo‘lgan fuqarolarning jasadi Aktobe shahar morgida saqlanmoqda.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda  Qozog‘iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar Komiteti bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish va yaqin qarindoshlarini xabardor qilish bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda.

Sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Sizni qiziqtirgan ma’lumotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyat ko‘rsatayotgan (+99871) 147-10-50 “Tezkor raqami”ga murojaat qilishingiz mumkin.

Поделиться