O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samimiy qutlov
2018-03-07 | Siyosat
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po’lat Bobojonov Belarus ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami bilan muborakbod etdi.
Belarus Respublikasi Ichki ishlar vaziri, politsiya general-mayori Igor Shunevich nomiga yo’llangan tabrik telegrammasida vazirligimiz rahbari O’zbekiston bilan turli sohalarda ko’p yillik samarali va do’stona hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelayotgan davlatning huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va faxriylariga iliq tilaklar bildirdi.
Maktubda bildirilishicha, Belarus militsiyasi xodimlari mardlik va qahramonlik ko’rsatib, fuqarolarning tinch va osuda hayotini ta’minlash, ularni ko’rinishlaridan himoya qilish borasida mas’uliyatli xizmat va jangovar vazifalarini sharaf bilan ado etib kelishmoqda.