O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Har ishda kamarbastamiz!

2018-03-07 | Jamiyat

Bugungi kunda yurtimizdagi xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini yanada oshirish, izzat-ikromini joyiga qo‘yish, ularning og‘irini yengil qilish davlatimiz siyosatining bosh mezoni hisoblanadi.

Prezidentimizning 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qiz­larni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida davlat bojxona xizmati organlarida ham xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Xususan, yo‘l xaritasiga muvofiq, bayram arafasida Davlat bojxona qo‘mitasining Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan tizimda xizmat qilayotgan ayollar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qilinmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, ayollar salomatligini himoya qilish orqali jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini yuksaltirishga zamin yaratishdir.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, davlatimiz iqtisodiy xavfsiziligini ta’minlashga xizmat qiluvchi bojxona organlarida ham ayni paytda 600 nafardan ortiq xotin-qizlar erkaklar bilan yelkama-yelka xizmat qilib, mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

Ushbu fidoyi xotin-qizlarni nafosat, sadoqat va go‘zallikka oshno bo‘lgan bahor ayyomi bilan samimiy qutlaymiz. 

 

Nigora GANIYEVA,

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining

Davlat bojxona qo‘mitasidagi boshlang‘ich tashkiloti raisi,

bojxona xizmati podpolkovnigi

Поделиться