O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shumanaydagi yarmarkadan reportaj: 52 fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 68 yosh tadbirkor, hunarmand va fermerlar ko‘rgazmasi

2018-03-06 | Jamiyat

Shumanay tumanida “Yoshlar - kelajak bunyodkori”, “Xalqimiz xizmatida bo‘lish va yurtimiz rivojiga hissa qo‘shish - katta baxt” mavzularida yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar savdo ko‘rgazmasi va yoshlarni yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarkada tumandagi 52 ta korxona va tashkilotlarning 135 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi va 52 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. Shulardan 26 nafari yoshlar, 7 nafari kollej bitiruvchilari va 26 nafarini xotin-qizlar tashkil qildi.

Ko‘rgazmada esa 68 nafar yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar o‘zlarining ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Yoshlar ittifoqi Shumanay tumani Kengashining taklifi bilan tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan va faol qatnashib kelayotgan 4 nafar yosh fermer, 9 nafar yosh tadbirkor va 3 nafar yosh hunarmand va yarmarkani tashkillashtirishda yaqindan yordam ko‘rsatgan tashkilotlarga Tuman hokimining minnatdorchilik xati topshirildi.

Shu kuni savdo yarmarkasi tashkil etilib, fuqarolar mahsulotlarni arzonlashtirilgan bahoda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Поделиться