O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan

2018-03-06 | Jamiyat

Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, Vatan, jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi qoshidagi “Yoshlar Parlamenti” deputatligiga bo‘lib o‘tgan saylovlar ham ayni maqsadlarni ko‘zlashi bilan ahamiyatlidir. 

“Yoshlar Parlamenti” deputatligiga Toshkent shahridagi oliy ta’lim dargohlaridan 93 nafar talaba o‘z nomzodini qo‘ydi. Saylov uchastkalari sifatida Toshkent shahrida joylashgan bir qator o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasi tanlab olinib, ularda kollejlarning o‘ttiz besh ming nafar o‘quvchisi saylovchi sifatida ishtirok etdi. 

“Yoshlar Parlamenti” deputatligiga saylov kampaniyasi joriy yilning 7 fevralidan e’lon qilingan bo‘lib, 17-fevraldan 1-martga qadar saylovoldi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. 

Shuni ta’kidlash kerakki, 2017-yili poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Yoshlar sammiti – 2017”ning 36 nafar g‘olibi “Yoshlar Parlamenti” ning dastlabki deputatlari bo‘lish huquqini qo‘lga kiritgan edi. 

Joriy yilning 3-mart kuni esa “Yoshlar Parlamenti” a’zolarining safi yanada kengaydi. Bo‘lib o‘tgan saylovlarda 34 nafar yigit-qiz deputatlikka saylandi. Ular o‘zlari saylangan hududdagi yoshlarga oid ijtimoiy, ma’rifiy dolzarb masalalarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar tayyorlashda faol hissa qo‘shishi ko‘zda tutilgan. 

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться