O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Parlamentlararo Ittifoq o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari

2018-03-06 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov, Tashqi ishlar vazirligi xodimlari va yurtimizning Jenevadagi diplomatik korpusi vakillaridan iborat delegatsiya Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov, Tashqi ishlar vazirligi xodimlari va yurtimizning Jenevadagi diplomatik korpusi vakillaridan iborat delegatsiya Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashdi.

Parlamentlararo Ittifoq – 1889 yilda siyosiy muhokama maqsadida asos solingan ilk xalqaro tashkilotdir. Ittifoq xalqaro g‘oyalarni ilgari surish va davlatlar parlamentlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan hamkor parlamentariylarning eng nufuzli instituti hisoblanadi. Bugungi kunda Ittifoqda 173 ta davlat va 11 ta hududiy parlament assambleyalari, xususan, Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi vakil sifatida ishtirok etadi.

M. Chungong 2017 yilda O‘zbekistonning Parlamentlararo Ittifoqga 10 yillik tanaffusdan so‘ng a’zolikka qayta tiklangani bilan tabrikladi. U O‘zbekiston Ittifoqning kelgusi faoliyatiga salmoqli hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Shu o‘rinda u Ittifoq kotibiyati nomidan Parlamentning ahamiyati va salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha Barqaror rivojlanish maqsadlari ijrosining huquqiy asoslarini takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

M. Chungong mamlakatimiz Parlamentining ijro hokimiyati organlari ma’ruzalarini tinglash, shuningdek, xalqaro majburiyatlar, shartnoma implementatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tadbirlari rejasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash amaliyotini yuqori baholadi.

Uchrashuvda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ijrosiga qiziqish bildirildi. M. Chungongning fikricha, respublikamizning bu sohada erishgan ijobiy tajribasi Parlamentlararo Ittifoqning ikkinchi global parlament hisobotida bayon qilingan tamoyillarga to‘liq javob beradi hamda dunyo mamlakatlari parlamentlari o‘rtasida tajriba almashishda ijobiy ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv doirasida mamlakatimizning Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasining kelgusi sessiya va boshqa tadbirlaridagi ishtiroki, Ittifoqning asosiy hujjatlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish hamda Parlamentlararo Ittifoq bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan aniq rejalar muhokama qilindi va bu borada kelishuvlarga erishildi.

Поделиться