O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsiyalar – taraqqiyotning muhim omili

2018-03-06 | Jamiyat

Mamlakatimizda yuksak taraqqiyot asri talablariga xos ravishda innovatsion texnologiyalarni hayotga keng tatbiq etishga, yosh avlodni yaratuvchanlik ruhida, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarga intiluvchan, intellektual salohiyatli, har jihatdan yetuk kamol toptirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yosh talantlar innovatsiyalari - hayotga” shiori ostidagi festival-tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda viloyatdagi barcha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlari, umumta’lim maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘garak a’zolari bo‘lgan ixtirochi, o‘z texnik ishlanmalari, informatika va kompyuter texnologiyalari, o‘quv fanlari hamda xorijiy tillar bo‘yicha dasturlarini yaratgan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdilar.

Jami 110 nafar ishtirokchini qamrab olgan tanlov jarayonida ular innovatsion texnologiyalar, texnik ishlanmalar va ixtirolar borasidagi bilim va iqtidorlarini namoyon etdilar.

Festivalda yoshlarning avtomodel, avia-raketa model, kemasozlik, robototexnika, elektron o‘yinchoqlar, informatika va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishidagi innovatsion texnik ishlanmalari, dastur va loyihalari, o‘z qo‘llari bilan yasagan modellari namoyish etildi.

Festival ishtirokchilarining ishlanmalari mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Birinchi o‘rinni aviamodel hamda elektron o‘yinchoqlar ishlanmalari bo‘yicha Uchqurg‘on tumanidagi 8-umumta’lim maktabi o‘quvchilari Qobiljon Tojimirzayev va Abubakir Abduqahhorov, veb-sayt ishlanmalari bo‘yicha Pop tumanidagi 10-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Elyor Rahmatullayev, robototexnika yo‘nalishida Norin tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Muhammad Nabijonov, kemasozlik yo‘nalishida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 6-sinf o‘quvchisi Akbar Mahmudov, avia-raketa modellari bo‘yicha Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Temur Maqsudov egalladi.

Festival nizomiga ko‘ra, yuqoridagi yo‘nalishlarning ikkinchi va uchinchi o‘rinlari sohiblari, ”Eng yosh festival ishtirokchisi”, “Eng noan’anaviy innovatsiya muallifi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Поделиться