O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termiz Davlat Universitetida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

2018-03-06 | Jamiyat

Termiz davlat universitetida viloyat hokimi va viloyat prokurori ishtirokida maxsus sirtqi va kasbiy qayta tayyorlash kurslarida dars beradigan professor-o‘qituvchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish jadvali doirasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Termiz davlat universiteti rektorati va professor-o‘qituvchilari, hududiy xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim boshqarmasi va hududiy bo‘limlari xodimlari, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlov ta’limi tinglovchilari va maxsus sirtqi bo‘lim talabalari hamda ommaviy vositalari xodimlaridan iborat 450 nafar ishtirokchilar qatnashishdi. Uchrashuvda viloyat hokimi hukumatimiz tomonidan yoshlarning zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya olishida keng qamrovli islohotlar olib borilayotganligi, barkamol avlodni ham ma’nan, ham jismonan hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta’lim muassasalarining, xususan maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rni katta ekanligi, bu borada vohamizda ibratli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab, ijobiy ishlar bilan bir qatorda ta’lim sifatini yaxshilash borasida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Sifatli ta’limga erishish yo‘lida navbatdagi vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, uchrashuvda viloyat prokurori tomonidan ta’magirlik va uning oqibatlari, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlari tanqid qilinib, ogoh bo‘lish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuvda o‘rtaga tashlangan fikr va takliflardan tegishli xulosa chiqarildi.

Поделиться