O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Milliy antidoping agentligining bosh direktori tayinlandi
2018-03-05 | Jamiyat
Nodirjon Botirovich Tursunov Hukumat qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining bosh direktori etib tayinlandi.
Bu haqda dushanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Milliy antidoping agentligi sportda doping qo‘llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksiga asoslangan milliy antidoping qoidalarini joriy qilish, shuningdek ularga rioya etilishini ta’minlashni amalga oshiradi.