O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Murojaatlarga 15 kun muddatda javob beriladi

2018-03-06 | Jamiyat

Samarqand davlat universitetida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tartibga solish, davlat organlarida murojaatlar bilan ishlovchi xodimlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda 2014 yil 4 dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririga kiritilgan o‘zgartirishlar, viloyatdagi idora va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash holati muhokama etildi.

– Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida 2017 yildaSamarqand viloyatida 202 ta murojaatning ko‘rib chiqish muddati buzilganligi aytib o‘tildi, – deydi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Joniqulov. – Buning 4,7 foizi Oqdaryo tumaniga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, vaqtida javob berilmaganligi, qanoatlantirilmaganligi tufayli takroriy murojaatlar 215 tani tashkil etadi. Ularning asosiy qismi moddiy yordam pullari, nafaqalar olish masalasi bilan bog‘liq.

Поделиться