O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

O‘zbekiston va Pokiston Islom Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida memorandum imzolandi

26.09.2019Jamiyat

Joriy yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston va Pokiston Islom Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha xalqaro tashkilot va elchixonalar ishtirokida yig’ilish bo‘lib o‘tdi

25.09.2019Jamiyat

Joriy yilning 25-sentabr kuni Davlat Statistika qo‘mitasida qator xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari vakillari, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiyot va sanoat hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari xodimlari ishtirokida uchrashuvi tashkil etildi.

Ota-onalarga murojaatnoma: Bayramni munosib nishonlaylik va norozichilikning oldini olaylik!

25.09.2019Jamiyat

Yurtimizda keng nishonlanadigan 1-oktabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Ayni paytda mamlakatimizda mazkur bayramni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Primorye o‘lkasi hududida bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

24.09.2019Jamiyat

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yilda Primorye o‘lkasi hududida patent asosida ishlaydigan chet ellik ishchilardan transport sohasida foydalanishga taqiq qo‘yiladi. Tegishli №71-PG-son qoror Gubernator Oleg Kojemyako tomonidan 2019-yil 12-sentabr kuni imzolandi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy akkreditatsiya tizimi va O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

24.09.2019Jamiyat

Muvofiqlikni baholash sohasida Birlashgan Arab Amirliklari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi (O’ZAKK) va Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy Akkreditatsiya Tizimi (ENAS) o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Narkotahdidlarga xalqaro hamkorlik asosida toʻsiq qoʻyishni maqsad qilgan Toshkent anjumani

24.09.2019Jamiyat

Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlaridan biri – insoniyatga xavf tugʻdirayotgan illatlarga qarshi kurashishda tashabbus koʻrsatish va davlatlarni ushbu maqsadlar yoʻlida birlashtirishdir.

AQSh Maxsus topshiriqlar bo‘yicha Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

24.09.2019Siyosat

2019-yilning 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida AQShning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Samuel Deyl Braunbek bilan uchrashdi.

Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi

23.09.2019Jamiyat

Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari-xotin-qizlar masalalari bo’yicha bo’lim boshlig’i polkovnik Umida Abdullaeva YuNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, YuNISEF xalqaro psixolog-maslahatchilari Svetlana Rijikova va Gulchehra Nig’madjonovalar bilan uchrashdi.

Giyohvandlikka qarshi kurashuvchi kuchlarni birlashtirgan yirik xalqaro anjuman boshlandi

23.09.2019Jamiyat

Toshkentda Yaqin va O‘rta Sharqda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha uchrashuv o‘z ishini boshladi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

23.09.2019Jamiyat

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 21-sentabr kuni Chimkent shahridagi Mintaqaviy ijtimoiy-innovatsion universitetda O‘zbekiston Elchisi Saidikrom Niyazxodjayev, Chimkent shahar hokimligi vakillari, Universitet rektori Sandibay Boranbayev, Qozog‘iston Xalq assambleyasi raisi o‘rinbosari Sherzod Pulatov, Qozog‘iston Xalq assambleyasining Chimkent shahri bo‘yicha raisi o‘rinbosari Muradali Xalmuradov, Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklarining “Do‘stlik” etnomadaniy birlashmalari assotsiatsiyasi raisi Ikram Xashimdjanov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Chimkent shahrida ta’lim olayotgan O‘zbeksiton fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash, qoidabuzarlarga qonuniy choralar ko‘rish va kelajakda noxush hodisalarning oldini olish uchun zarur profilaktika tadbirlarini o‘tkazish borasida ko‘riladigan choralar muhokama qilindi.

Ayollarga nisbatan kamsitilishining barcha shakllariga barham berish masalalari muhokama etildi

20.09.2019Jamiyat

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida BMTning Xalqaro mustaqil baholovchi ekspert-konsultanti Elison King bilan “Ayollarga nisbatan kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konventsiyasi” mavzusida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni murojaatlari uchun “1146” raqamli ishonch telefonini ishga tushirish bo‘yicha muvofiqlashtirish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

BMTning giyoxvandlik vositalari va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlaridan tashkil topgan delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

20.09.2019Jamiyat

2019-yil 18-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida BMTning giyoxvandlik vositalari va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi (UNP OON) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRR) ekspertlaridan tashkil topgan delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. (Ma'lumot uchun: Mazkur tashkilotlar Markaziy Osiyoda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati potensialini va xususiy sektorni mustahkamlash borasida texnik xamkorlik loyixasini ishlab chiqish imkoniyatlarini o'rganish ishlari bilan shug'ullanadi).

“Bepul metro kuni”da Toshkent metrosi boʻylab sayohat

20.09.2019Jamiyat

Bu yildan Oʻzbekiston “Yevropa harakatlanish haftaligi” global kampaniyasi ishtirokchisiga aylandi. Shu munosabat bilan Toshkentda 19-sentyabr kuni “Bepul metro kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasi va BMTning Toshkentdagi Aholishunoslik jamg‘armasining ikki tomonlama hamkorligi

19.09.2019Jamiyat

Joriy yilning 18-sentabr kuni Davlat Statistika qo‘mitasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Toshkentdagi Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning 2016–2020-yillarga mo‘ljallangan mamlakat dasturini baholash yuzasidan xalqaro ekspert Elison King bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘lib o‘tadigan EPS-TOPIK test sinovlari to‘g‘risida e’lon

19.09.2019Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida tuzilgan “Ishchilarni Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Anglashuv memorandumiga muvofiq, koreys tilidan EPS-TOPIK test imtihoni 2019-yil 23-sentabrdan 4-oktabr kunigacha bo‘lib o‘tadi.

Ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etgan, mutasaddilar nega xotirjam?

19.09.2019Jamiyat

Qonunchilik palatasi deputatlari, siyosiy partiyalar fraktsiyalari vakillari, qo‘mita huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda jurnalistlar qatnashgan yig‘ilishda vazirlik oldida turgan muhim vazifalar keng muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan soxta xabarlarga raddiya

18.09.2019Jamiyat

Joriy yilning 18-sentyabr kuni Internetdagi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda mahallalardagi masjidlar soni, diniy libosda yuradigan, soqol qo‘ygan, missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda turli maqsadlarda chet elga ketgan fuqarolar sonini aniqlash bo‘yicha savodsizlarcha yozilgan xabar joylashtirilib, yig‘ilgan ma'lumotni ichki ishlar idoralari va mahalla jamg‘armasiga taqdim etish ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, xabarda go‘yoki ushbu ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan berilganligi aytilgan.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

18.09.2019Jamiyat

Joriy yilning 16-20-sentabr kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida “ISO WEEK 2019” tadbirlari va Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) Bosh Assambleyasining 42 yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘tkazilgan mintaqaviy seminar taassurotlari

18.09.2019Jamiyat

2019-yilning 17-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Belarus Respublikasining Minsk shahrida Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida iste'mol narxlari indekslarini hisoblash bo‘yicha o‘tkazilgan mintaqaviy seminar natijalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.