O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy akkreditatsiya tizimi va O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi
2019-09-24 | Jamiyat
Muvofiqlikni baholash sohasida Birlashgan Arab Amirliklari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi (O’ZAKK) va Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy Akkreditatsiya Tizimi (ENAS) o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Imzolangan Anglashuv Memorandumi asosida, tomonlar akkreditatsiya, muvofiqlikni baholash va o‘zaro yaqin faoliyatni rivojlantirish borasida hamkorlik qiladilar.