O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ayollarga nisbatan kamsitilishining barcha shakllariga barham berish masalalari muhokama etildi
2019-09-20 | Jamiyat
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida BMTning Xalqaro mustaqil baholovchi ekspert-konsultanti Elison King bilan “Ayollarga nisbatan kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konventsiyasi” mavzusida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni murojaatlari uchun “1146” raqamli ishonch telefonini ishga tushirish bo‘yicha muvofiqlashtirish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i polkovnik Umida Abdullayeva ham ishtirok etib, mehmonlarga ayollarning kamsitilishiga qarshi hamda ularning huquqlarini himoya qilish borasida mamlakatimiz ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar, shuningdek 2019 yil 2 sentyabr kungi O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlaridan ko‘zlangan maqsadlar xususida so‘zlab berdi. Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ham qatnashib, o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Samimiy ruhda o‘tgan ushbu yig‘ilishda o‘zaro hamkorlik masalalari ham muhokama etildi.