O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-09-18 | Jamiyat

Joriy yilning 16-20-sentabr kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida “ISO WEEK 2019” tadbirlari va Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) Bosh Assambleyasining 42 yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Xalqaro uchrashuvda ISO tashkilotining turli texnik qo‘mitalari faoliyati, rivojlanayotgan davlatlarning standartlashtirish tizimini sifat jihatdan yangilash mexanizmlari, standartlashtirish sohasiga oid turli xil mavzularda sessiyalar va bir qator manfaatli uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi (MGS) va ISO vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ISO tashkiloti prezidenti Djon Uolter, Bosh Kotib Serxio Muika hamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda MDH davlatlarida xalqaro ISO standartlarni joriy etish, ISO tashkiloti texnik qo‘mitalari va MDHdagi mavjud texnik qo‘mitalar faoliyatini tubdan yaxshilash, standartlashtirish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ISO 2030 strategiyasi va MGS 2030 strategiyasi loyihalari muhokama etildi. Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Поделиться