O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha xalqaro tashkilot va elchixonalar ishtirokida yig’ilish bo‘lib o‘tdi
2019-09-25 | Jamiyat
Joriy yilning 25-sentabr kuni Davlat Statistika qo‘mitasida qator xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari vakillari, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiyot va sanoat hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari xodimlari ishtirokida uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda aholini ro‘yxatga olishda Davlat statistika qo‘mitasining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda xalqaro tashkilotlari, xususan, UNFPA tomonidan ko‘rsatiladigan yordam muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Tomonlar hamkorlikning boshqa ustuvor yo‘nalishlarini to‘g‘risida fikr bildirib, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida hamkorlikni davom ettirishga umid bildirildi.
Uchrashuv do’stona va ko’tarinki ruhda o’tdi.