O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMTning giyoxvandlik vositalari va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlaridan tashkil topgan delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2019-09-20 | Jamiyat

2019-yil 18-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida BMTning giyoxvandlik vositalari va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi (UNP OON) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRR) ekspertlaridan tashkil topgan delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. (Ma'lumot uchun: Mazkur tashkilotlar Markaziy Osiyoda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati potensialini va xususiy sektorni mustahkamlash borasida texnik xamkorlik loyixasini ishlab chiqish imkoniyatlarini o'rganish ishlari bilan shug'ullanadi).

Palata raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov o'z kirish so'zida mehmonlarni O'zbekistonga qilgan tashriflari bilan qutlab, O'zSSPga  tashrif buyurishgani uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev lavozimiga saylanganidan so'ng birinchilar qatorida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonunga imzo chekkanligi, bundan tashqari, 2017-yil iyun oyidan boshlab Palata tadbirkor sub'ektlarining huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, davlat organlari oldida tadbirkorlar manfaatlarini e'tirof etish borasida o'z faoliyatini yangi formatda olib borayotganligi ta'kidlab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2019 yildagi “PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 4-bandiga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot berdi.   

Uchrashuv davomida Mirella Dummar Fraxi – UNP OONning fuqarolik jamiyati guruhi rahbari, o'z nutqida O'zbekistonda fuqarolik jamiyati va xususiy sektor tobora rivojlanayotganligini e'tirof etib, BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasi doirasida keyinchalik ham har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Luiza Balbi – Yevropa  tiklanish va taraqqiyot banki bosh menejeri, hozirgi vaqtda fuqarolik jamiyati bilan xamkorlik qilish guruhi rahbari, YEBRRning ustuvor vazifasi korrupsiyaga qarshi kurashni faol olib borish yo'li orqali xususiy sektor himoyasini ta'minlash, davlat organlari bilan hamkorlikda biznes uchun qulay sharoit yaratish xususida so'z yuritib, Yevropaning iqtisodiy rivojlangan 20 ta davlatlarda biznes hamjamiyati manfaatlarini e'tirof etish va ximoya qilish borasida nodavlat notijorat tashkilotlari davlat organlaridan ustun turishligi to'g'risida atroflicha ma'lumot berdi.

Polikarski Konstantin Mitchev – UNP OON korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha bo'linmasi eksperti, hozirgi vaqtda UNP OONning O'zbekistondagi vakili sifatida faoliyat ko'rsatayotganligi, mamlakatning barcha jabhalarida ayniqsa so'nggi 2 yil mobaynida iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash faollashgani va sezilarli samara berayotgani, ushbu esa o'z navbatida biznes yuqori sur'atlarda rivojlanishi uchun asosiy omillardan bo'lib xizmat qilayotgani xususida o'z fikr-muloxazalarini bildirdi.

Поделиться