O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘tkazilgan mintaqaviy seminar taassurotlari
2019-09-18 | Jamiyat
2019-yilning 17-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Belarus Respublikasining Minsk shahrida Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida iste'mol narxlari indekslarini hisoblash bo‘yicha o‘tkazilgan mintaqaviy seminar natijalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasining Iste'mol narxlari indeksi bo‘lim boshlig‘i Muzaffar Jomolov ma'ruza qildi. U 2019-yilning 11–13-sentabr kunlari Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy seminardagi ishtiroki haqida to‘xtalar ekan, Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari iste'mol narxlari indeksini hisoblashda duch kelayotgan muammolar, narx indekslarini xalqaro metodologiyasi hamda amaliyoti bilan tanishish, muayyan salmoq vaznlarning tuzilishi bo‘yicha ishtirok etgan ekspertlarning taqdimotlari va narx ma'lumotlarini multimediya vositalari orqali shakllantirish tajribasi bo‘yicha qator masalalarning muhokama qilinganini alohida ta'kidladi.
Shuningdek, seminar davomida M.Jomolov iste'mol narxlari indeksini hisoblash sohasidagi xalqaro ekspertlarning fikrlari, ishtirokchi mamlakatlar tajribalarining so‘nggi yutuqlari va yangiliklari xususida so‘z yuritdi. Minsk shahrida o‘tkazilgan seminarda ekspertlar o‘zaro fikr almashish bilan bir qatorda, statistika sohadasigi yutuqlar, kelgusida amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar bo`yicha fikr-mulohaza almashgani ta'kidlandi.
Seminar yakunida mavzu yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.