O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘lib o‘tadigan EPS-TOPIK test sinovlari to‘g‘risida e’lon

2019-09-19 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida tuzilgan “Ishchilarni Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Anglashuv memorandumiga muvofiq, koreys tilidan EPS-TOPIK test imtihoni 2019-yil 23-sentabrdan 4-oktabr kunigacha bo‘lib o‘tadi.

EPS-TOPIK test imtihoni bo‘lib o‘tadigan manzil:

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 47-uy. “Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji” binosida. Mo‘ljal: “Afruz” to‘yxonasi.

Sizdan imtihonga kelganingizda so‘raladigan hujjatlar va ma’lumotlar:

  1. Fuqarolik va xorijga chiqish pasporti;
  2. 3,5 x 4,5 bo‘lgan sifatli oq fonli rangli foto surat (2 dona);
  3. 24 AQSh dollari to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya (to‘lov qilmagan fuqarolar test kuniga qadar to‘lashlari shart).

Diqqat! Bilishngiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar:

  1. EPS-TOPIK test imtihoniga fuqarolik pasportini olib kelmagan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
  2. Fuqarolar EPS-TOPIK test imtihoniga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelishi va ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
  3. Maxsus test imtihoniga belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar test imtihoniga kiritilmaydi.
  4. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) shartlariga ko‘ra takror yoki qayta appelyatsiya EPS-TOPIK test imtihonlari o‘tazilmaydi.
  5. Test imtihonida elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soatlar, shpargalkalar va hokazolardan) foydalanish qat’iyan man etiladi.
  6. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) talablariga muvofiq EPS-TOPIK test imtihonining qoidalarini buzgan fuqarolar 3 yil davomida test imtihonlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun:

Muammolar va kamchiliklar vujudga kelgan taqdirda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+99871 202-33-55

Поделиться