O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamiyat
Xizmat safari natijalari bo’yicha taqdimot o’tkazildi 09.10.2019JamiyatDavlat statistika qo‘mitasining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko’rsatish boshqarmasi boshlig‘i N.Sheraliyev 2019-yil 30-sentabr – 2-oktabr kunlari Jeneva shahrida (Shveytsariya) BMTEIK, EVROSTAT va IXRT bilan birgalikda tashkil etilgan Korxonalar registrini yuritish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishida ishtirok etdi. |
Toshkent Deklaratsiyasida bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilgan 08.10.2019JamiyatPoytaxtimizda o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining “Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo‘lida yoshlar huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusidagi Yillik 6-seminari nihoyasida Islom hamkorlik tashkiloti a’zo mamlakatlarida yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi. Mazkur muhim hujjatda aks etgan, Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan namoyon etilgan tashabbuskorlik, yetakchilik mavqei barcha a’zo davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilot va tuzilmalar tomonidan e’tirof etildi. |
Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Komissiyasining xalqaro seminari ochildi 08.10.2019Jamiyat7-oktabr kuni Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha mustaqil doimiy komissiyasining “Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yoʻlida yoshlar huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusidagi yillik 6-seminari ish boshladi. |
Davlat mehnat inspektsiyasi Denov va Kogon tumanlaridagi holat yuzasidan o‘rganish olib bordi 07.10.2019JamiyatKuni kecha mahalliy internet nashrlarida Surxondaryo viloyatining Denov tumanida fuqarolarning paxta terimiga majburiy tarzda yo‘naltirilgani hamda Buxoro viloyatining Kogon tumanida ayni jarayonga bolalarning jalb etilayotgani xususida xabarlar e’lon qilindi. Jurnalistlar voqea joyida bo‘lib, odamlar bilan muloqot qilishdi, fotomateriallar taqdim qilishdi. Voqea ishtirokchilarining aksariyati o‘z xohishiga ko‘ra paxta dalasida ekanini ta’kidlasada, Davlat mehnat inspektsiyasining o‘rganishlari ayni yo‘nalishda qonunbuzarlik holatlari qayd etilganini ko‘rsatdi. |
07.10.2019Siyosat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-oktabr kuni aholini uzluksiz issiq suv va issiqlik quvvati bilan ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. |
Hindiston kompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya bozoriga kirmoqchi 04.10.2019JamiyatTransport vazirligida Hindistonning “Delhi International Airport Limited” kompaniyasi moliyaviy direktori Sanjiv Edvard boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. |
04.10.2019Jamiyat Danil Yuldashev. Endigina 20 yoshni qarshilagan bu yigitning ism-sharifi sizga tanish emasdir hoynahoy, biroq uning qahramonona harakatlari haqida aniq eshitgansiz. 2019-yilning 17-avgusti. Aynan mana shu kuni Rossiyaning Perm viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 17:00lar atrofida yo‘lovchi avtobus avtoulovning nosozligi sabab do‘kon devoriga borib uriladi. Falokat oqibatida 32 nafar yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkaziladi, bir nafar yo‘lovchi esa voqea joyida halok bo‘ladi. Halokat joyida baxtli tasodif tufayli Danil Yuldashev bo‘lmaganda, ularning soni oshgan bo‘lardi balki. |
04.10.2019Sog‘liqni saqlash Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 6-podstantsiyaning tez tibbiy yordam xodimi Jahongir Xo‘jayevning o‘ziga nisbatan bemor yaqinlari tomonidan tajovuz qilingani haqidagi murojaati e’lon qilingan edi. Unda tibbiyot xodimi bemorning qarindoshlari tomonidan haqoratlanib, unga jarohat yetkazilgani qayd etiladi. |
Kasbga o‘qitish tizimida Osiyo taraqqiyot banki bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda 03.10.2019JamiyatO‘zbekistonda kasbga o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, bu borada moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash chora-tadbirlari Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan 28-sentabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama etildi. |
03.10.2019Jamiyat 2019-yil 2-oktabr O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Bosh vazir maslahatchisi, Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish departamenti mudiri Komil Rashidov boshchiligida mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan videomajlis o‘tkazildi. |
02.10.2019Jamiyat Ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi nom bilan tarqatilgan material yuzasidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, dastlabki tergov jarayonida, 2019-yil 29-sentabr kuni soat 20.45larda Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 25-sonli maktabning direktor o‘rinbosari M.D. “Neksiya” rusumli avtomashinasini Qo‘qon shahri tomon boshqarib ketayotib, yo‘lni o‘rtasiga o‘rnatilgan beton to‘siq ustiga chiqib ketganligi va yo‘lni yorituvchi temir stolbaga urilishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balonidan yong‘in sodir bo‘lganligi aniqlangan. |
Hindistonda bo‘lib turgan yoki u yerga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga 02.10.2019JamiyatO‘zbekistonning Hindistondagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Hindistonning Bixar shtati va boshqa hududlarida qattiq yomg‘irlar yog‘ishi va ularning natijasida sodir bo‘lgan suv toshqinlari va o‘pirilishlar oqibatida minglab odamlar xavfli hudularni tark etishga majbur bo‘ldilar. Mamlakat bo‘yicha jami 110 dan ortiq odam mazkur tabiiy ofat qurboni bo‘ldi. Odamlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish hamda mol-mulkidan ayrilgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Hukumat tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. |
Shavkat Mirziyoyev: Elimiz vatanparvar avlod bilan haqli ravishda faxrlanadi 02.10.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27-sentabrdagi farmoniga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchi va murabbiylar faxriy unvonlar va medallar bilan taqdirlangan edi. |
MTV Bekoboddagi zaharlagnish holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi 30.09.2019JamiyatMaktabgacha ta’lim vazirligi Bekoboddagi 15-sonli MTTdagi oziq- ovqatdan zaharlanish holatini chuqur o‘rganib chiqdi. |
Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv 27.09.2019JamiyatJoriy yilning 26-sentabr kuni Davlat statistika qo’mitasi raisi B.A.Begalov boshchiligida Jahon banki missiyasi bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. |
USAIDning O‘zbekistondagi sud-huquq islohoti dasturi bo‘yicha tadbirlar 26.09.2019JamiyatJoriy yilning 23-27-sentabr kunlari USAIDning O‘zbekistondagi sud-huquq islohoti dasturi doirasida Agentlik rahbar va mutasaddi xodimlari hamda soha bilan bevosita bog‘langan boshqa tashkilot vakillari uchun seminar-trening o‘tkazilmoqda. |
26.09.2019Jamiyat Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida bo’lib o’tayotgan ISO tashkiloti Bosh assambleyasi yig’ilishi doirasida Hindiston Standartlashtrish Byuro (BIS) rahbari janob Rohit Kumar Parmar boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. |
Statistika hamkorligidagi keyingi qadam 26.09.2019JamiyatMoldovaning Kishinyov shahrida o‘tkazilayotgan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun “Statistika hamkorligidagi keyingi qadam” mavzusida tashkil etilgan seminarda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ham ishtirok etmoqda. |
26.09.2019Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 1-oktabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan #ustozgaehtirom chellenjini eʼlon qiladi. |