O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ota-onalarga murojaatnoma: Bayramni munosib nishonlaylik va norozichilikning oldini olaylik!
2019-09-25 | Jamiyat
Yurtimizda keng nishonlanadigan 1-oktabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Ayni paytda mamlakatimizda mazkur bayramni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur jarayonda baʼzi sinflarning qoʻmita vakillari “oʻta faollik” koʻrsatmoqda. Yaʼni, oʻqituvchilarni bayram bilan tabriklash maqsadida pul yigʻimlarini tashkil qilish natijasida ayrim ota-onalar noroziligini keltirib chiqarish holatlari uchramoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi 1-oktabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayramida farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan oʻqituvchilarni oʻz istak, imkoniyatlaridan kelib chiqib, tabriklayotgan ota-onalarga oʻz minnatdorchiligini bildiradi. Lekin oʻqituvchilarni tabriklash natijasida ota-onalar noroziligi kelib chiqishi kerak emas. Agarda kimning imkoniyati boʻlmasa, boshqa faol ota-onalar tomonidan majburlash yoki ular nomidan umumiy sovgʻa qilish bahonasida majburiy pul yigʻish notoʻgʻri.
Xalq taʼlimi vazirligi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda ota-onalar noroziligi bilan undiriladigan barcha yigʻim turlariga chek qoʻyish kerakligini eslatib oʻtadi. Oʻqituvchilarni xursand qilmoqchi boʻlsak, bayramni haqiqiy koʻtarinki ruhda nishonlaylik va hech kimni norozi boʻlishiga yoʻl qoʻymaylik!