O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Statistika hamkorligidagi keyingi qadam

2019-09-26 | Jamiyat

Moldovaning Kishinyov shahrida o‘tkazilayotgan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun “Statistika hamkorligidagi keyingi qadam” mavzusida tashkil etilgan seminarda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Shu yilning 24–26-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan mazkur seminarda 11 ta davlatdan iborat statistika tashkilotlari vakillari va ekspertlar guruhi qatnashmoqda. Unda statistika tizimidagi mavjud muammolar, so’nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar, aholini ro‘yxatga olishda innovatsion usullarni qo’llash, ma'muriy va boshqa axborot manbalaridan foydalanish, katta hajmdagi ma’lumotlardan foydalanishda yangi texnologiyalarni qo’llash, barqaror rivojlantirish maqsadlari hamda boshqa ko’plab yo’nalishlar bo’yicha fikr-mulohazalar almashilmoqda.

Seminarning birinchi kuni O’zbekiston delegatsiyasining “O’zbekiston Respublikasida statistika tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi taqdimoti namoyish qilindi. Taqdimotda so’nggi yillarda statistika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan namoyish qilgan taqdimotlari bo‘yicha muhokamalar olib borilmoqda, tizim tajribalari ommalashtirishga tavsiya etilmoqda hamda mavjud muammolarni hal etishning istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda. 

Поделиться