O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xizmat safari natijalari bo’yicha taqdimot o’tkazildi

2019-10-09 | Jamiyat

Davlat statistika qo‘mitasining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko’rsatish boshqarmasi boshlig‘i N.Sheraliyev 2019-yil 30-sentabr – 2-oktabr kunlari Jeneva shahrida (Shveytsariya) BMTEIK, EVROSTAT va IXRT bilan birgalikda tashkil etilgan Korxonalar registrini yuritish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishida ishtirok etdi.

Ushbu yig’ilish yuzasidan shu yilning 8 oktyabr kuni N.Sheraliyev Korxonalar registrini yuritishda innovatsion usullar, ma'muriy va boshqa axborot manbalaridan foydalanish, ma'lumotlar sifatini baholash, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq masalalari yuzasidan qo’mitaning tarmoq boshqarmalari hamda Toshkent viloyat statistika boshqarmasi xodimlariga atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, Korxonalar registrini yuritish va ijtimoiy kuzatuvlarni integratsiyalash, Korxonalar registrini yuritishda Barqaror rivojlanish maqsadlari borasida xorij tajribasi bilan o’rtoqlashdi.

Taqdimot davomida yuqoridagi mavzu bo’yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Поделиться